Futbol bo‘yicha “Rektor kubogi” sport musobaqasining g‘oliblari aniqlandi

Xabaringiz bor, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti sport klubi tomonidan talaba-yoshlar orasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, mahoratli sportchi yoshlarni aniqlash va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida futbol bo‘yicha “Rektor kubogi” sport musobaqasiga start berilgan edi.
Barcha fakultetlar jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Taqdirlash marosimida institut rektori Quvondiq Qodirov so‘zga chiqib, g‘olib va sovrindorlarni tabrikladi hamda xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz o‘rtasida sportning ommaviyligiga erishish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, jismonan yetuk, sog‘lom avlodni tarbiyalash borasida samarali ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.
Shunday qilib, futbol bo‘yicha “Rektor kubogi” sport musobaqasida:
1-o‘rin va “Rektor kubogi” – Jismoniy madaniyat;
2-o‘rin – Ellikqal’a pedagogika;
3-o‘rin – Fizika-matematika fakultetlari jamoalariga nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlar institut sport klubi tomonidan rag‘batlantirildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
