Ta’ziya

Joriy yilning 6-aprel kuni atoqli olim va fidoyi ustoz, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti zoologiya, odam morfofiziologiyasi va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti, yurtimizda zoologiya fani rivojiga munosib hissa qo‘shgan olim, biologiya fanlari nomzodi Jumabay Saparbayev bevaqt hayotdan ko‘z yumdi.

Jumabay Saparbayev 1992-yildan bugungi kungacha – 33 yil davomida mamlakatimizning ilm-fan va ta’lim sohasida kadrlar tayyorlashda o‘zining alohida xizmatlari bilan juda katta hissa qo‘shdi.

Namunali oila boshlig‘i, ibratli ota, farzandlari, shogirdlarini Vatanga sadoqatli insonlar etib tarbiyalagan hurmatli ustoz, institutimiz dotsenti Jumabay Saparbayevning yorqin xotirasi doimo bizning yodimizda saqlanib qoladi.

Ustozning oila a’zolariga, yaqinlariga, barcha shogirdlariga chuqur ta’ziya bildiramiz.

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektorati, jamoat tashkilotlari va Tabiiy fanlar fakulteti jamoasi.