Ellikqal’a pedagogika fakultetida yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan ekologik aksiya tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Ellikqal’a pedagogika fakulteti yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekologik aksiya tashkil etildi.
Atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlashga hissa qo‘shish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda fakultetning faol talaba-yoshlari, yoshlar yetakchilari ishtirok etib, tumandagi “Sharq yulduzi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi maxsus joyga daraxt ko‘chatlarini o‘tqazdi.
Tadbir doirasida 500 ga yaqin manzarali ko‘chatlar o‘tqazildi.
