NukusDPI talabasi Gulayim Yerjanbayeva “Yoshlar parlamenti” a’zoligiga saylandi

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi “Yoshlar parlamenti” a’zoligiga saylovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashida tuzilgan komissiya tarkibi tomonidan saylov Nizomiga muvofiq nomzodlarning savodxonlik darajasi, siyosiy partiya faoliyatidagi ishtiroki, maqsadlari, saylovoldi dasturi, shuningdek, qonunchilik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari baholandi.
Ahamiyatlisi, nomzodlar orasidan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Chet tillari fakulteti ingliz tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Gulayim Yerjanbayeva O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi “Yoshlar parlamenti” a’zoligiga saylandi va uning hujjatlari Respublika komissiyasiga taqdim etildi.
O‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘yib, ularga erishish yo‘lida tinimsiz harakat qilib kelayotgan institutimiz talabasi Gulayim Yerjanbayevaning kelgusi o‘qishi va ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
NukusDPI matbuot xizmati.