“Ayol ma’rifati” ilmiy-ijodiy jamoatchilik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Ayol ma’rifati” ilmiy-ijodiy jamoatchilik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Maryam Ahmedova, Toshkent davlat yuridik universiteti davlat huquq nazariyasi kafedrasi professori Feruza Muhiddinova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Muhtarama Ulug‘ova, respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari, professor-o‘qituvchilar, “Oqila ayollar” harakati yetakchilari va talaba-qizlar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi, davlat boshqaruvidagi rolini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘xtalib o‘tdi.
Tadbirda “Ayol ma’rifati” ilmiy-ijodiy jamoat kengashining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha mas’ul rahbarlarini saylash masalasi ko‘rib chiqildi va bu lavozimga Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sayyora Bekchanova tayinlandi.
Shuningdek, yig‘ilishda kengashning istiqboldagi rejalari, maqsadi va vazifalari ishtirokchilarga tanishtirildi.
NukusDPI matbuot xizmati.


Optimized by JPEGmini 3.18.26.250256089-TBTBLNP 0xb91fe72a