NukusDPI professori Turg‘anbay Keruenov Qozog‘istonda o‘tkazilgan xalqaro simpoziumda ishtirok etdi

Qozog‘iston Respublikasi Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universitetida “Qozoq tili – ilm tili: sun’iy intellekt va terminologiya” mavzusidagi II xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.
Simpoziumda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakulteti qozoq tili va adabiyoti kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Turg‘anbay Keruenov ishtirok etib, “Maxtumquli va Abay ijodidagi o‘xshashlik va farqlar” mavzusida ma’ruza qildi.
Shuningdek, institutimiz professori simpozium doirasida universitet talabalariga ma’ruza mashg‘ulotini o‘tkazdi.
