Xalqimizni ma’rifatga boshlagan jadidlarning xizmatlari haqida ma’lumot berildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazida Maktabgacha ta’lim fakulteti tyutorlari rahbarligida “Jadidchilik harakati yetakchilari va ularning xizmatlari” mavzusida targ‘ibot kechasi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Turkiy tillar fakulteti o‘zbek adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi J.Yuldashev, axborot-resurs markazi mutaxassislari, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar jadidchilik harakatining milliy o‘zlikni anglash, xalqimiz o‘rtasida ma’rifatparvarlik g‘oyalarini keng targ‘ib etish va ularning ma’naviy olamini boyitishdagi ahamiyati, jadidchilik bilan shug‘ullangan ajdodlarimiz va ularning merosi haqida yoshlarga qimmatli ma’lumotlar berdi.
O‘z navbatida, yoshlar jadidchilik harakatining taniqli namoyandalari ijodidan namunalar ijro etdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
