Voleybol bo‘yicha “Rektor kubogi” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talaba-qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Rektor kubogi” sport musobaqasi o‘tkazildi. Ushbu musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga qiziqishini oshirish va iqtidorli sportchilarni aniqlash maqsadida tashkil etildi.

Musobaqada institut fakultetlaridan 8 ta jamoa ishtirok etdi. Jamoalar o‘zaro bahs olib borib, yoshlar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, jamoaviy o‘yin ko‘nikmalari va sportga bo‘lgan qiziqishini namoyish eta oldi.

Musobaqa davomida kuchli o‘yin ko‘rsatib, barcha raqiblarini mag‘lub etgan Boshlang‘ich ta’lim fakulteti jamoasi “Rektor kubogi”ning g‘olibi bo‘ldi.

1-o‘rin – Boshlang‘ich ta’lim fakulteti;

2-o‘rin – Tarix fakulteti;

3-o‘rin – Maktabgacha ta’lim fakulteti.

G‘olib jamoalarga institut sport klubi tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bunday sport musobaqalari yoshlarni birlashtirib, ularning do‘stona munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Institutda sport musobaqalari davom etmoqda.

NukusDPI matbuot xizmati.