Xushxabar! NukusDPI talabalari matematika fanidan xalqaro olimpiadada faxrli o‘rinlarni egalladi

Joriy yilning 13-18-aprel kunlari Turkmaniston Respublikasining Ashxobod shahrida matematika fanidan “Open Mathematical Olympiad for University Students (OMOUS-2025)” an’anaviy xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro fan olimpiadasida dunyoning ko‘plab mamlakatlaridagi oliy ta’lim muassasalari talabalari, jumladan, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari ham ishtirok etdi.
Quvonarlisi, xalqaro fan olimpiadasida institutimizning Fizika-matematika fakulteti talabalari Umida Maxsutova va Maman Genjaliyev faxrli 3-o‘rinni egallab, bronza medalini qo‘lga kiritdi.
– Talabalarimiz xalqaro doirada tashkil etilgan fan olimpiadasida ustozlaridan o‘rgangan bilim va ko‘nikmalarini namoyish etib, yuqori natijalarga erishdi. Albatta, bu institutimizda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ibratli ishlarning samarasi deb hisoblaymiz, – deydi Fizika-matematika fakulteti dekani Rzamurat Jiyemuratov.
Institut talabalari Umida Maxsutova va Maman Genjaliyevning xalqaro miqyosda o‘tkazilgan fan olimpiadasida qo‘lga kiritgan yuqori natijalari bilan yoshlarimiz va ularning ustozlarini institut rektorati va jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz!
NukusDPI matbuot xizmati.
