Milliy gvardiya vakillari talaba-yoshlar bilan uchrashdi

Bugun, 19-aprel kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi bilan hamkorlikda bir qator tadbirlar tashkil etildi.
Dastlab boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Rustam Xalilov talaba-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Milliy gvardiya tomonidan mamlakatimizda ijtimoiy barqarorlik va aholi farovon hayotini ta’minlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, sport turlari, jumladan, kamondan otish sportini keng ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.
Yoshlar va professor-o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.
NukusDPI matbuot xizmati.
