Milliy gvardiya tomonidan ko‘rgazmalar va sport musobaqalari tashkil etildi

Avval xabar berganimizdek, bugun, 19-aprel kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi bilan hamkorlikda bir qator tadbirlar tashkil etildi.

Milliy gvardiya xodimlari tomonidan xalqimiz tinchligini himoya qilish va jamoat osoyishtaligini ta’minlash maqsadida foydalaniladigan texnikalar, asbob-uskunalar va qurol-yarog‘larning ko‘rgazmasi, shuningdek, kinolog va maxsus guruh mutaxassislarining ko‘rgazmali chiqishlari yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbir davomida institut talaba-yoshlari va professor-o‘qituvchilari kamondan otish bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi.

Shuningdek, futbol bo‘yicha institut va boshqarmaning terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tdi.

NukusDPI matbuot xizmati.