Kamondan otish sportini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi

Avval xabar berganimizdek, bugun, 19-aprel kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi bilan hamkorlikda bir qator tadbirlar tashkil etildi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi bilan institut o‘rtasida kamondan otish sport turini rivojlantirish maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Institut rektori Quvondiq Qodirov va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Muxtar Yusupov memorandumga imzo chekib, kelgusida birgalikda amalga oshiriladigan ishlarni belgilab oldi.

NukusDPI matbuot xizmati.