Uzluksiz ta’lim tizimida masofaviy o‘qitish integratsiyasi masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti gumanitar va ijtimoiy fanlarni masofaviy o‘qitish kafedrasi tomonidan “Uzluksiz ta’lim tizimida masofaviy o‘qitishning integratsiyasi” mavzusida beshinchi xalqaro ilmiy konferensiya tashkil etildi.

Konferensiyada Qozog‘iston va Turkmaniston Respublikalaridan, shuningdek, respublikamizning ilg‘or oliy ta’lim muassasalaridan professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar, talaba-yoshlar an’anaviy formatda, Turkiya, Ozarbayjon, Rossiya davlatlaridan taniqli olimlar onlayn tarzda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Konferensiya gumanitar va ijtimoiy fanlar, aniq va tabiiy fanlar, metodik tavsiyalar, davra suhbati formatidagi psixologik maslahatlar kabi seksiyalar bo‘yicha o‘z ishini davom ettirdi.