Talaba-yoshlar uchun muhim amaliy trening tashkil etildi

Kelajagimiz bo‘lgan yoshlarning moliyaviy qarorlarni oqilona va mustaqil qabul qilishiga ko‘maklashish, ular o‘rtasida mablag‘ to‘plash madaniyatini shakllantirish va shaxsiy moliyaviy xavfsizligini ta’minlash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan volontyorlar guruhi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar o‘rtasida “Ertangi moliyaviy imkoniyatlaringiz bugungi qarorlaringizdan boshlanadi” mavzusida targ‘ibot ishlarini olib bordi.
Uchrashuvda volontyorlar tomonidan yoshlarga turli kiberjinoyatchilarning aldovlariga tushib qolmaslik uchun tegishli amaliy ko‘nikmalar ham berildi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joiz, bunday amaliy seminarlar “Global Money Week” xalqaro ta’lim kampaniyasi doirasida 2020-yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkaziladi.
NukusDPI matbuot xizmati.
