Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida adabiy kecha tashkil etildi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari asosida mamlakatimizning barcha hududlarida joriy yilning 21-27-aprel kunlari oralig‘ida “O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida Respublika “Kitobxonlik haftaligi” tadbirlari tashkil etilmoqda.
Bugun, 22-aprel kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Ajiniyoz – qoraqalpoq she’riyatining gultoji” mavzusidagi adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni markaz direktori Gulayim Jiyemuratova boshqarib bordi.
Kechada filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, institutning qoraqalpoq adabiyoti kafedrasi dotsenti Marat Yesebayev, markazning xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Rita Amanbayeva, Maktabgacha ta’lim fakulteti tyutori Guljahan Artikovalar shoirning hayoti, ijodining janr va tematik xususiyatlari, Ajiniyoz shajarasining o‘rganilishi, shuningdek, uning asarlarini yoshlarimiz orasida keng targ‘ib qilish borasidagi ishlar haqida ma’lumotlar berdi.
Adabiy kecha institutning Maktabgacha ta’lim fakulteti hamda Pedagogika fakulteti musiqa ta’limi yo‘nalishining iqtidorli talabalari ijrosidagi badiiy-adabiy bo‘lim bilan davom etdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
