Talabalar bahori: Talaba qizlar voleybol bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdilar

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Talabalar bahori” festivali doirasida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida ko‘plab madaniy-ma’rifiy tadbirlar va sport musobaqalari tashkil etilmoqda.
Voleybol bo‘yicha institutning talaba qizlari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqa yoshlar uchun do‘stlik uchrashuviga aylandi.
Institutda “Talabalar bahori” festivali ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.
NukusDPI matbuot xizmati.
