NukusDPI Kengashi majlisi: Institutni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha birinchi chorakda amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni institut rektori Quvondiq Qodirov olib bordi.

Tadbir kun tartibiga muvofiq, institutda ijro tartibi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati, ilmiy unvonlarga talabgor bo‘lgan professor-o‘qituvchilarning hujjatlarini Oliy attestatsiya komissiyasiga taqdim etish, vazirlikning Muvofiqlashtiruvchi kengashiga o‘quv adabiyotlarini taqdim etish, shuningdek, joriy masalalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda institut rektori 2025-yilda institutni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha tasdiqlangan Yo‘l xaritasidagi vazifalar ijrosi bo‘yicha birinchi chorakning monitoring natijalari haqida ma’ruza qildi.

Amalga oshirilgan ishlar, qo‘lga kiritilgan natijalar, mavjud muammolar Kengash a’zolari bilan keng muhokama qilinib, galdagi vazifalar belgilab olindi.

NukusDPI matbuot xizmati.