Media-tur: NukusDPIda talabalarni sport va salomatlik tadbirlariga keng jalb etish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talabalarni sport va sog‘lomlashtirish tadbirlariga keng jalb etish, ommaviy sport turlarini targ‘ib qilish borasida amalga oshirilayotgan samarali ishlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish maqsadida media-tur tashkil etildi.
Media-tur ishtirokchilari institutning yangi foydalanishga topshirilgan sport maydonida o‘tkazilgan ertalabki badantarbiya tadbirlarida qatnashib, materiallar tayyorladi.
