Respublika “Kitobxonlik haftaligi” davom etmoqda: Millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni targ‘ib qilishga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazida Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida jamiyatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashda kitobxonlikning ahamiyatiga bag‘ishlangan kecha tashkil etildi.

Tadbirni markaz direktori Gulayim Jiyemuratova boshqarib bordi.

Kechada institutning milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi dotsenti Q.Pirimbetov, o‘zbek adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi J.Yuldashev bugungi kunda yurtimizda bir yuz o‘ttizdan ortiq millat va elat vakillari bir oilaning farzandlaridek ahil-inoq yashab, turli sohalarda samarali mehnat qilayotgani, barcha millat va elatlarning tili, madaniyati, urf-odat va an’analarini saqlash hamda rivojlantirish uchun barcha sharoitlar yaratilgani, davlatimiz tomonidan turli millatlar o‘rtasida o‘zaro mehr-oqibatni yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotgani haqida ma’ruzalar qildi.

Kecha talaba-yoshlar ijrosidagi millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni tarannum etuvchi badiiy qism bilan davom etdi.

NukusDPI matbuot xizmati.