NukusDPI talabasi Dildora Ashirbayeva O‘zbekiston chempionatida faxrli o‘rinni egalladi

Joriy yilning 22-25-aprel kunlari sportning yengil atletika turi bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Chempionat doirasida 4×100 metrga estafeta yugurish bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakultetining 3-kurs talabasi Dildora Ashirbayeva faxrli 2-o‘rinni egallab, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Institutimiz talabasi Dildora Ashirbayevani O‘zbekiston chempionatidagi qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda omad tilaymiz!

NukusDPI matbuot xizmati.