Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivalida faol ishtirok etgan institutimiz jamoasi va talabalari munosib taqdirlandi

Xabaringiz bor, joriy yilning 22-25-aprel kunlari davomida mamlakatimiz bo‘ylab Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali yuqori saviyada o‘tkazildi.
Respublikamizda o‘tkazilgan festival yakunlari bo‘yicha Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi festivalni o‘tkazishda alohida faollik ko‘rsatgani uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining diplomi bilan taqdirlandi.
Shu bilan birga, institutning tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishining 2-kurs talabasi Janbolat Nurgaliyev O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasining bronza medali bilan taqdirlandi.
NukusDPI matbuot xizmati.
 