Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida elektron resurslardan foydalanish bo‘yicha kecha tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazida Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Elektron kitob o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish” mavzusidagi kecha bo‘lib o‘tdi.

Kechani markaz direktori Gulayim Jiyemuratova boshqarib bordi.

Markazning elektron axborot resurslari bo‘limi tomonidan tashkil etilgan tadbirda informatika o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri J.Utepbergenov, ushbu kafedra dotsenti Z.Ilyasova va assistent-o‘qituvchi L.Saxanovalar elektron kitoblarning hayotimizdagi ahamiyati, odatiy kitob bilan elektron kitoblarning o‘zaro bog‘liqligi, internet tarmoqlaridagi elektron kitoblardan foydalanish yo‘llari haqida ishtirokchilarga ma’lumot berdi.

Tadbirda elektron axborot resurslari bo‘limining yetakchi mutaxassisi A.Qoshmuratov UNILIBRARY platformasidan foydalanish bo‘yicha talaba-yoshlarga amaliy ko‘nikmalar berdi.

Shuningdek, haftalik doirasida markaz mutaxassislari tomonidan institutning 3-sonli talabalar turar joyida kitobxonlik targ‘iboti tadbirlari tashkil etildi.