Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Bugun, 26-aprel kuni I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali ijrochi direktori Abdulla Magrupov Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.

Institut rektori Quvondiq Qodirov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassasasi rahbarlari mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini har tomonlama rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning amaliy natijalari haqida suhbatlashdi.

Uchrashuvda ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasida talabalar, magistrantlar, doktorantlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini amalga oshirish, birgalikda ilmiy-amaliy konferensiyalar, o‘zaro maslahatlashuvlar o‘tkazish, investitsiya loyihalarini o‘zlashtirishning ahamiyati haqida fikr almashildi.

Qayd etilgan masalalar bo‘yicha kelgusida hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida tegishli memorandum imzolandi.

NukusDPI matbuot xizmati.