“Talabalar bahori” festivalida munosib ishtirok etgan NukusDPI yoshlari taqdirlandi

Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida har yili yuqori ko‘tarinkilik bilan o‘tkaziladigan “Talabalar bahori” festivali yoshlarimiz hayotida zavqli va unutilmas voqealarga boy tadbirlardan biridir.
Festivalning bu yilgi yakuniy gala-konserti va tantanali taqdirlash marosimi Taxtako‘pir tumani hududidagi “Qaratereng” ekoturizm majmuasida o‘tkazildi.
Tantanali tadbirda festival doirasida bo‘lib o‘tgan madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi tanlovlar va sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan, shuningdek, faxrli o‘rinlarni egallagan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining faol talaba-yoshlariga O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan diplom va sovg‘alar topshirildi.
Bo‘rchitau etaklaridagi “Qaratereng”ning betakror go‘zal tabiati bag‘rida o‘tkazilgan tadbir yoshlarimizni yangi marralar sari yo‘naltirishga xizmat qilishi shubhasiz.
NukusDPI matbuot xizmati.
