NukusDPIda Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda

O‘quv adabiyotlarini yaratish va nashr etish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, o‘quv jarayonida foydalanilayotgan adabiyotlar, shuningdek, fanlarning o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanish holatini o‘rganish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh a’zolari Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida tegishli o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi boshqarma boshlig‘i Soyibjon Tajibayev hamda Buxoro davlat pedagogika instituti matematika va informatika kafedrasi dotsenti Anvarjon Rashidovdan iborat Respublika ishchi guruhi a’zolari institutning axborot-resurs markazida bo‘lib, bu yerdagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
Respublika ishchi guruhi a’zolari tomonidan institutda o‘quv adabiyotlarini yaratish va nashr etish hamda amaldagi o‘quv dasturlariga kiritilgan asosiy o‘quv adabiyotlarining holati, nashr rejalarning bajarilishi, o‘quv adabiyotlarini nashr etish uchun ichki imkoniyatdan mablag‘lar ajratilganligi, adabiyotlarning davriylik ko‘rsatkichlari yangilanganligi shuningdek, ularning axborot-resurs markazida bosma va elektron shakllari mavjudligi, mualliflarni rag‘batlantirish tizimi joriy qilinganligi, yangilangan ta’lim klassifikatoriga muvofiq fanlarning o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik holati, axborot-resurs markazi fondidagi o‘quv va ilmiy adabiyotlarni elektron shaklga o‘tkazish holatlari o‘rganib chiqildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
 
 
 
 