NukusDPI kasaba uyushmasi qo‘mitasi “Eng yaxshi kasaba uyushmasi qo‘mitasi” deb topildi

28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog‘iston kengashi tomonidan “Mehnatni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi bo‘yicha jamoat nazoratini tashkil etish” Respublika tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Quvonarlisi, tanlovning O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi yo‘nalishida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti kasaba uyushmasi qo‘mitasi “Eng yaxshi kasaba uyushmasi qo‘mitasi” nominatsiyasi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi.
NukusDPI matbuot xizmati.