“Milliy HUB” dasturi doirasida talabalar uchun seminar-trening tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida startap loyihalarni yo‘lga qo‘yishning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy asoslari, shuningdek, marketing strategiyalari haqida talaba-yoshlarga keng ma’lumot berish maqsadida “Milliy HUB” dasturi doirasida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni institutning iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Q.Tashanov va Maktabgacha ta’lim fakulteti o‘qituvchisi, Innovatsiyalar milliy ofisi tomonidan “Milliy HUB” dasturi doirasida tashkil etilgan seminar-trening ishtirokchisi A.Tajimuratov olib bordi.

Seminar-trening davomida talabalarga innovatsion g‘oyalarni biznesga aylantirish, bozor tahlili, investitsiyalarni jalb qilish, soliq va qonunchilik talablari hamda samarali marketing strategiyalarini ishlab chiqish kabi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.

Yoshlar yangi bilimlarni o‘zlashtirib, kelajakdagi loyihalarini samarali tashkil etish bo‘yicha zarur ko‘nikmalarga ega bo‘ldi. Savollariga to‘liq javoblar oldi.