NukusDPI talabalari Qozog‘istonda o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi

Qozog‘iston Respublikasi L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universitetida “Chet tillari: (ingliz tili o‘qituvchisi)” yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida II Xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro olimpiadada Rossiya, Belarus, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonning o‘nga yaqin oliy o‘quv yurtlaridan, jumladan, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Chet tillari fakulteti ingliz tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi talabalari ham ishtirok etdi.
Ikki turdan iborat bo‘lgan xalqaro olimpiadada institutimiz talabasi Maftuna Jo‘rayeva 1-o‘rinni egallab, xalqaro olimpiada g‘olibi bo‘lgan bo‘lsa, yana bir talabamiz Sevinch O‘rinbayeva faxrli 3-o‘rinni egalladi.
Shuningdek, xalqaro olimpiadada faol ishtirok etgan institutimiz talabalari Ayzada Nurimova, Sarvarbek Davronov, Hurliman Biysenbayeva sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Xalqaro olimpiadada yuqori natijalarga erishgan institutimiz talabalari va ularning ustozlarini chin dildan tabriklaymiz!
NukusDPI matbuot xizmati.
 
 