NukusDPI talabalari iqlim o‘zgarishi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro tadbirda g‘olib bo‘ldi

Qozog‘iston Respublikasining Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universitetida “Texnologiyaning iqlim o‘zgarishiga ta’siri” (“The Impact of Technology on Climate Change”) mavzusidagi xalqaro formatdagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda MDH va boshqa davlatlarning oliy ta’lim muassasalaridan, jumladan, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Chet tillar fakulteti ingliz tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi talaba-yoshlari ham ishtirok etdi.
Davra suhbatida talabalar zamonaviy texnologiyalarning hayotimizdagi ahamiyati, ularning atrof-muhitga ta’siri haqida fikr almashdi.
Kun tartibidagi masala bo‘yicha tanlov formatida taqdimotlar hamda ma’ruzalar qildi.
Muhim jihati, davra suhbatida muhim fikr-mulohazalarini bildirgan institutimiz talabalaridan Humoyun Xursanov 1-o‘rinni, Sarvar Xudaynazarov faxrli 2-o‘rinni egalladi.
NukusDPI matbuot xizmati.