Institutda “Sport oyligi”ga start berildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi joriy yilning may oyini respublika oliy va professional ta’lim muassasalarida “Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori asosida “Sport oyligi” deb e’lon qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish to‘g‘risida”gi Farmoni asosida tashkil etilayotgan ushbu tashabbus Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi tomonidan yuqori tashkilotchilik bilan qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Bugun, 2-may kuni institut sport klubi tomonidan “Sport oyligi” doirasida bir nechta musobaqalarga start berildi.
Bugungi o‘tkazilgan musobaqalarda talabalar badminton va stol tennisi bo‘yicha o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi hamda sport mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi.
Institutda “Sport oyligi” davom etmoqda.
NukusDPI matbuot xizmati.
