Kimyo va biologiya bo‘yicha fan olimpiadasining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan qo‘shma qaror asosida umumta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida kimyo va biologiya bo‘yicha ko‘p bosqichli fan olimpiadasining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida o‘tkazilgan olimpiadada dastlab tuman, so‘ngra Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida yuqori natijalarga erishgan 10 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.
Fan olimpiadasining institut bosqichida belgilangan reja talablaridan kelib chiqib umumiy 100 ball to‘plash imkonini beruvchi beshta yozma imtihon savollari va bitta laboratoriya ishi berildi.
O‘quvchilarning natijalari institutning tajribali professor-o‘qituvchilari tomonidan baholandi.
Shunday qilib, kimyo va biologiya fanlari olimpiadasining institut bosqichida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi hamda maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi.
G‘olib o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish markaziga yuboriladi.
NukusDPI matbuot xizmati.
