O‘zbekiston Qahramonlari Ibroyim Yusupov va To‘lepbergen Qayipbergenov tavalludining 96 yilligiga bag‘ishlangan tanlovlar o‘tkazildi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Qahramonlari – O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov hamda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi To‘lepbergen Qayipbergenov tavalludining 96 yilligi munosabati bilan “Dala diluari” va “Sahra sunqari” mavzusida tanlovlar e’lon qilingan edi.

Bugun, 3-may kuni ushbu tanlovlarning institut bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ishtirokchi talabalar adabiyotimiz darg‘alari ijodidan badiiy o‘qish, monolog aytish, kuy bastalangan she’rlarini ijro etish va asar asosida rasm chizish kabi shartlar bo‘yicha o‘z qobiliyatlarini namoyish etishga harakat qildi.

Shu bilan birga, Ibroyim Yusupov va To‘lepbergen Qayipbergenov ijodi bo‘yicha videoroliklar tayyorlash, magistrantlar o‘rtasida ilmiy maqolalar tanlovlariga kelib tushgan materiallar hakamlar hay’ati a’zolariga taqdim etildi.

G‘olib deb topilgan talaba va magistrantlar institut rektorati tomonidan o‘tkaziladigan respublika konferensiyasi doirasida diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

NukusDPI matbuot xizmati.