Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan uchrashuv kechasi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan harbiy soha faxriylari, nuroniy ustozlar va talaba-yoshlarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi Qarjaubay Reymov boshqarib bordi.
Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmalari a’zosi M.Matekov, Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi Faxriylar ishlari bo‘yicha kengashi raisi, zaxiradagi podpolkovnik A.Yusupov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mudofaa ishlari boshqarmasi Faxriylar ishlari bo‘yicha kengashi raisi, mayor D.Allamuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Afg‘oniston faxriylari kengashi a’zosi O.To‘reniyazov Ikkinchi jahon urushi yillarida yurtimizning tinchligi va osoyishta hayotini himoya qilib, kelajak avlodlar uchun shunday farovon davrni barpo etishga munosib hissa qo‘shgan mard va qahramon ajdodlarimizning jasoratlari haqida so‘zlab berdi.
Shu bilan birga, faxriy harbiy xizmatchilar yoshlarga o‘zlarining hayot yo‘li, afg‘on urushining oqibatlari haqida so‘zlab, bugungidek tinch va osoyishta hayotimizning qadriga yetib, yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, yurtimiz rivojiga munosib hissa qo‘shishga chaqirdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
 
 
 
 
 
 
 
 