Urush faxriysi Qadirbay otaning holidan xabar olindi

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti fakultetlari jamoalari talabalar bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushi davridagi ota-bobolarimizning jasoratlarini xotirlab, ularga hurmat ko‘rsatmoqda.
Institutning Chet tillari, Turkiy tillar va Tarix fakultetlari dekanati vakillari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va talaba-yoshlar poytaxtimiz Nukus shahridagi “Amudaryo” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Qadirbay ota Narmanov xonadonida bo‘lib, fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi.
Yoshlar Qadirbay ota bilan suhbatlashib, urush davridagi qiyinchiliklar, bugungidek farovon hayotimizni ta’minlashga xizmat qilgan ota-bobolarimizning mehnatlari, jasoratlarini yodga oldi. Tinch va osoyishta hayotimizning qadriga yetib, uni ko‘z qorachig‘idek asrash katta fidoyilik va qahramonlik ekanini yana bir bor angladi.
Qahramon otaga fakultet jamoalari tomonidan tayyorlangan bayram sovg‘alari topshirildi.
