“Sport oyligi” doirasida voleybol bo‘yicha musobaqa tashkillashtirildi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan joriy yilning may oyi respublika oliy va professional ta’lim muassasalarida “Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori asosida “Sport oyligi” deb e’lon qilingan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish to‘g‘risida”gi Farmoni asosida tashkil etilayotgan ushbu tashabbus Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi tomonidan yuqori tashkilotchilik bilan qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Institut sport klubi tomonidan “Sport oyligi” doirasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada talabalar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi hamda sport mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi.
Institutda “Sport oyligi” davom etmoqda.
NukusDPI matbuot xizmati.
 
 
 
 
 
 
 
 