Talaba-qizlar o‘rtasida tanlov bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi S.Bekchanovaning tashabbusi bilan “Qizlar davrasi” tanlovi tashkil etildi.
Tanlov tanishtiruv, talabalar hayotidan sahna ko‘rinishi, savol-javob, “O‘n barmog‘i – o‘n hunar” nomli erkin mavzu kabi shartlar bo‘yicha o‘tkazildi.
Tanlovda har bir fakultetdan bittadan asosiy va to‘rtta yordamchi ishtirokchilar – jami beshtadan talaba-qizlar qatnashdi hamda yuqoridagi shartlar bo‘yicha o‘zlarining bilimi, mahorati, qobiliyatlarini ko‘rsatishga harakat qildi.
Tanlov yakunida Turkiy tillar fakulteti 1-o‘rin, Maktabgacha ta’lim fakulteti 2-o‘rin, Fizika-matematika fakulteti 3-o‘rinni egalladi.
G‘olib va sovrindorlar institut rektorati hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan taqdirlandi.
NukusDPI matbuot xizmati.
