Nuroniy ustozlar o‘rtasida “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida nuroniy ustozlar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida shaxmat-shashka bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Institut rektorati va sport klubi tomonidan tashkil etilgan “aql gimnastikasi” musobaqasi do‘stona suhbatlar va fikr almashishlarga ulanib ketdi.

Ular mamlakatimizning bugungi taraqqiyoti, hayotimiz farovonligi yo‘lida xizmat qilgan ajdodlarimizning fidokorona mehnatlarini hurmat bilan yodga olishdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarga institut sport klubi tomonidan bayram sovg‘alari topshirildi.

NukusDPI matbuot xizmati.