NukusDPI jamoasi “Motamsaro ona” yodgorligiga gulchambar qo‘ydi

Bugun, 9-may kuni poytaxtimiz Nukus shahridagi “Motamsaro ona” yodgorlik maydonida “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi, Shimoliy-g‘arbiy harbiy okrugi, huquq-tartibot organlari, mehnat jamoalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Bayram tadbirida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektorati va mehnat jamoasi vakillari “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambar qo‘yib, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan ota-bobolarimizning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Bayram tadbirlari respublikamiz bo‘ylab davom etmoqda.

NukusDPI matbuot xizmati.