Diqqat, diqqat! Nukus davlat pedagogika institutining logotipini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining rasmiy logotipini ishlab chiqish maqsadida professional grafik dizaynerlar, yuqori tajribaga ega bo‘lgan ijodkorlar va iqtidorli yoshlar o‘rtasida tanlov e’lon qilinadi.

Tanlovda ishtirokchilar Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining tarixi, buguni, qadriyatlari va maqsadlariga mos keladigan zamonaviy, original va oson tanib olinadigan o‘ziga xos dizayndagi logotipni ishlab chiqishi talab etiladi.

Tanlovga ijodiy ishlar 2025-yilning 30-may sanasiga qadar Telegram tarmog‘i orqali @Tolibaev2001 manziliga PNG va JPG formatlarda yuborilishi kerak.

Tanlovga yuboriladigan logotiplar grafik qism va uning izohidan iborat bo‘lishi shart.

Logotipni ishlab chiqishda mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga rioya qilinishi, logotipning g‘oyaviy tarkibi qonuniy, madaniy va estetik standartlarga mos kelishi zarur.

Tanlovga kelib tushgan ijodiy ishlar komissiya tarkibi tomonidan baholanadi va g‘olib aniqlanadi.

Tanlov g‘olibi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni institut matbuot xizmati bo‘limidan yoki +998913899411 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

NukusDPI matbuot xizmati.