Institutda Xalqaro hamshiralar kuni belgilandi

12-may – Xalqaro hamshiralar kuni sifatida har yili dunyoda va yurtimizda yuqori ko‘tarinkilik bilan nishonlanadigan sanalardan biridir.
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektorati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan institutda faoliyat yuritayotgan tibbiyot sohasi mutaxassislari uchun bugungi bayram munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar salomatligimiz posbonlari bo‘lgan zahmatkash va fidoyi soha xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan sovg‘alar tibbiyot xodimlariga topshirildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
 
 