Inson qadri – ulug‘, xotirasi – mangu

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazida 9-may – Xotira va qadrlash kuni, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan “Inson qadri – ulug‘, xotirasi – mangu” mavzusida kitobxonlik kechasi tashkil etildi.

Tadbirda institutning tarix kafedrasi katta o‘qituvchisi S.Dosmag‘anbetov, axborot-resurs markazi direktori G.Jiyemuratova, bo‘lim boshlig‘i Z.Qaynarovalar talaba-yoshlarga Ikkinchi jahon urushi davridagi ota-bobolarimiz boshidan kechirgan qiyin sharoitlar, ularning urushdagi qahramonliklari haqida ma’lumotlar berdi.

Shu bilan birga, so‘zga chiqqanlar bugungi tinch-osoyishta hayotimizning qadriga yetib, Vatanimizni himoya qilish har birimizning muqaddas burchimiz ekanligini ta’kidladi.

Kechada yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldi.