“Sport oyligi”: Fakultetlar o‘rtasida futbol musobaqasi tashkil etildi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan joriy yilning may oyi respublika oliy va professional ta’lim muassasalarida “Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori asosida “Sport oyligi” deb e’lon qilingan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish to‘g‘risida”gi Farmoni asosida tashkil etilayotgan sport tadbirlari doirasida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar o‘rtasida futbol bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Institut sport klubi tomonidan o‘tkazilgan musobaqada g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, munosib rag‘batlantirildi.
Institutda “Sport oyligi” davom etmoqda.
NukusDPI matbuot xizmati.
 
 
 
 
 
 
 
 