Xushxabar! NukusDPI professori Asqar Niyazovning oilasi “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev so‘zga chiqib, ishtirokchilarni bayram bilan tabrikladi, shuningdek, shahar va tumanlardagi namunali oila egalariga “Ibratli oila” ko‘krak nishonlarini topshirdi.

Tantanali tadbirda Niyazovlar oilasi – Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti sport fanlari kafedrasi mudiri, professor Asqar Niyazov va uning turmush o‘rtog‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati Olga Niyazovaga “Ibratli oila” ko‘krak nishoni topshirildi.

Bayram tantanasi san’at ustalari ijrosidagi konsert dasturi, shuningdek, “Do‘stlik” kanali bo‘yida sanaga bag‘ishlangan teatrlashtirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bilan davom etdi.

NukusDPI matbuot xizmati.