Astraxan davlat universiteti bilan hamkorlik bo‘yicha shartnoma tuzildi

Avval xabar berganimizdek, bugun, 22-may kuni Namangan davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hududlararo oliygohlar rektorlarining konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Konferensiya doirasida ikki mamlakatning yetakchi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha shartnomalar tuzilmoqda.
Xususan, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori Quvondiq Qodirov va V.N.Tatishev nomidagi Astraxan davlat universiteti rektori Igor Alekseyev ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha shartnoma imzoladi.
Shartnoma doirasida fan, ta’lim va innovatsiyalar sohasida ilmiy-tadqiqotlarni birgalikda olib borish, talabalar va izlanuvchilarning o‘qishi va stajirovkasi uchun zarur sharoitlarni ta’minlagan holda ularning almashinuvini yo‘lga qo‘yish, o‘quv-metodik ishlarda tajriba almashish, darsliklar va o‘quv materiallari (o‘quv dasturlari, o‘quv-metodik qo‘llanmalar va boshqalar) bilan almashish borasida kelgusida birgalikda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.
NukusDPI matbuot xizmati.
