Boshqird davlat pedagogika universiteti bilan ilmiy-pedagogik yo‘nalishlarda hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda

Bugun, 22-may kuni Namangan davlat universitetida davom etayotgan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hududlararo oliygohlar rektorlarining konferensiyasi doirasida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti delegatsiyasi Rossiyaning xalqaro nufuzli oliy ta’lim muassasalari delegatsiyalari bilan muzokaralar olib bormoqda.

Konferensiya doirasida institut rektori Quvondiq Qodirov hamda M.Akmulla nomidagi Boshqird davlat pedagogika universiteti rektori Salavat Sagitov oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida hamkorlik shartnomasini imzoladi.

Shartnoma asosida tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlashga ko‘maklashish maqsadida professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, ilmiy-pedagogik va innovatsion yo‘nalishlarda hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini ochish, talabalar va izlanuvchilarning o‘qishi va stajirovkasi uchun zarur sharoitlarni ta’minlagan holda ularning almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha birgalikda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

NukusDPI matbuot xizmati.