Rossiyaning eng ilg‘or oliy ta’lim muassasalaridan biri bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi

Namanganda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hududlararo oliygohlar rektorlarining konferensiyasi doirasida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti va A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi tuzildi.

Institut rektori Quvondiq Qodirov va Rossiya davlat pedagogika universiteti rektori Sergey Tarasov ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyatini alohida ta’kidlab, shartnomani imzoladi.

Hamkorlik shartnomasi doirasida professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, talabalar va ilmiy izlanuvchilar almashinuvi, ilm-fan, ta’lim va innovatsiyalar sohasida ilmiy-tadqiqotlarni birgalikda olib borish borasidagi kelgusi vazifalar belgilanib, birgalikda amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.

NukusDPI matbuot xizmati.