“Students Party”: NukusDPIda yoshlar uchun mo‘ljallangan bayram kechasi bo‘lib o‘tdi

Shu yilning 23-may kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va ko‘ngilochar dasturlar orqali ularning kayfiyatini ko‘tarish maqsadida “Students Party” nomli konsert dasturi tashkil etildi.
Konsert davomida turli sahna ko‘rinishlari, jonli ovozdagi ijrolar, karaoke taym, hazil-mutoyibalar, sovg‘ali o‘yinlar va eng asosiysi tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashuvchi shou dasturlar ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi.
Yoshlar uchun mo‘ljallangan konsert dasturida turli qiziqarli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, ularga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
O‘tkazilgan “Students Party” konsert dasturi yoshlarimiz qalbida o‘zgacha taassurot qoldirdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 