Huquqiy madaniyat – taraqqiyot kafolati

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish va ularga qonunchilikdagi yangiliklar, o‘zgarishlar haqida tushunchalar berish maqsadida “Huquqiy madaniyat – taraqqiyot kafolati” mavzusida uchrashuv kechasi va targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sektori boshlig‘i R.Dosjanov, ushbu vazirlikning bosh maslahatchisi Sh.Saliyeva, institutning katta yuriskonsulti B.Arziyeva, korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi G.Dalibayeva, Turkiy tillar va Tabiiy fanlar fakultetlari talabalari, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar ishtirok etdi.
Tadbirda intellektual mulk tushunchasi va uni muhofaza qilish bo‘yicha qonunchilik normalari, gender tenglikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish va bunday illatlarning oldini olish masalalari haqida ishtirokchilarga ma’lumotlar berildi.
Bu boradagi targ‘ibot tadbirlari barcha fakultetlar kesimida davom etmoqda.
NukusDPI matbuot xizmati.
 
 
 
 
 
 
 
 