Institut Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 27-may kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni institut rektori Quvondiq Qodirov olib bordi.

Kengash majlisining birinchi yarmida kun tartibiga muvofiq, institut kafedralarida professor-o‘qituvchilarning tanlov ishlari, talabalar turar joylarida ta’lim-tarbiya ishlarining holati va ijara uylarida yashovchi talabalar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlar, institutda moddiy-texnik bazani mustahkamlash, moliya va iqtisodiyot sohasi ishlarining 2024-yildagi yakunlari hamda 2025-yildagi rejalarining bajarilishi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi kengashga o‘quv adabiyotlarini taqdim etish, shuningdek, joriy masalalar ko‘rib chiqildi.

Bundan so‘ng yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusning institutda bajarilishi, fakultetlarda talabalar bilimini reyting tizimida baholash va dars qoldirgan talabalar bilan ishlashning borishi, talaba-qizlar o‘rtasida ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi masalalar tegishli mutasaddilar bilan birgalikda muhokama qilindi.

Kengash yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

NukusDPI matbuot xizmati.