Xushxabar! NukusDPI talabasi Mehribanu Sultanbayeva jiu-jitsu bo‘yicha Osiyo chempionatida faxrli o‘rinni egalladi

Joriy yilning 21-25-may kunlari Iordaniyaning Amman shahrida sportning jiu-jitsu turi bo‘yicha IX Osiyo chempionati musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Quvonarlisi, musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakultetining 2-kurs talabasi Mehribanu Sultanbayeva faxrli 2-o‘rinni egallab, Osiyo chempionatining kumush medalini qo‘lga kiritdi.
Institutimiz rektorati va jamoasi nomidan Mehribanu Sultanbayevani erishgan ulkan natijalari bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda muvaffaqiyatlar tilaymiz!
NukusDPI matbuot xizmati.